1299000
image image image image image image image image image image image image
image
Посредством какой рекламы Вы
узнали о компании UZDIGITAL TV?

Kompaniya haqida

Kundalik hayotimizda televideniye,  shubhasiz, ahamiyatli o‘ringa ega. U bizning ongimizga nafaqat turli xilma-xil axborotni olish manbai, balki  kayfiyat omili sifatida ham joy olgan. Televizor pulti esa bizning atrofdagi dunyo bilan bevosita va qulay aloqamiz ramziga aylangan.

 

Bugungi kunda inson televideniyega juda katta talab qo‘yadi. Tomoshabin talabchan va o‘ziga aynan kerakli narsani tomosha qilishni istaydi. Shu sababdan har bir uyga sifatli televideniyeni yetkazib berish xizmatlari – mamlakatimizda televideniye sohasini kengaytirish va rivojlantirish davlat dasturining ajralmas qismiga aylangan.

 

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston jahonning ko‘p mamlakatlari singari yer usti raqamli televideniye uzatishga o‘tish dasturini amalga oshirishga kirishdi. Dasturni joriy etish davri  2010-2015 yillarga rejalashtirilgan.

 

«UZDIGITAL TV» kompaniyasi 2009 yilda ushbu dasutrni amalga oshirishda ishtirok etish maqsadida tashkil etilgan va hozirda O‘zbekistonda jismoniy va yuridik shaxslarga raqamli televideniye xizmatlarini taqdim etuvchi operatorlar orasida yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda.


«UZDIGITAL TV» kompaniyasining boshqa, tez rivojlanayotgan faoliyat turlaridan biri – reklama ishlab chiqarish va uni ommaviy telekanallarda joylashtirishdir.

 


 

Kompaniyaning asosiy maqsadi

 

O‘zbekiston Respublikasining raqamli televideniyega o‘tish davlat dasturini amalga oshirish.