1299000
image image image image image image image
image
Посредством какой рекламы Вы
узнали о компании UZDIGITAL TV?

Raqamli TV haqida

DVB-T (ingl. Digital Video Broadcasting — Terrestrial) —Raqamli tеlеvidеniе efirining (еrdagi) Еvropa standarti, DVB standartlaridan biri.         

 

Yanada aniq raqamli tasvir

                         

                     

         «Tarixda ikkita eng buyuk ixtiro mavjud: bizni kitobxon qilgan kitob nashri hamda bizni kitobdan uzoqlashtirgan televideniye».   

           

                                                                                                                                                                                                       (Jorj Elgozi)  

 

 

 

Taraqqiyot bir joyda turmaydi. Mexanika prinsiplaridan foydalangan dastlabki televizion tizimlarda hozirgi o‘lchamlarga qaraganda tasvirning sifati uncha yaxshi bo‘lmaganligi tufayli tomoshabinlar ekrandagi xira sharpalarni arang kora olganlar. Biroq bu vaqtinchalik qiyinchiliklar edi. Televideniyening faol rivojlanishi faqatgina u mutlaqo elektron shaklga o‘tganida boshlangan.  

 

Bizga tanish analogli elektron televideniye bora-bora shunday sifatga ega boldiki, uni ortiq takomillashtirishning boshqa imkoni yoqdek tuyulardi. Biroq axborotni analogli usulda uzatish ornini bosish goyasi televideniyeni ham chetlab otmadi. Analogli televideniye orniga sekin-asta raqamli televideniye kirib keladi. 

 

Raqamli televideniye tarafdorlarining bosh dalili — tasvirning sifati. Uzatish va qabul qilish jarayonidagi raqamli ishlov yanada yuqori sifatga erishish imkonini beradi. Darhaqiqat, hammaning ham uyidagi televizori tasvirni benuqson korsatavermaydi — tasvir turli xil xalallar bilan kelishi, titrashi, xatto umuman yoqolib qolishi ham mumkin. Analog signal sifatiga bir talay omillar ta’sir qilishi mumkin. 

 

Xalallarni bartaraf etish natijasida raqamli tasvirni qabul qiluvchi televizion jihozlarida a’lo sifat va tasvirning ravshanligiga erishiladi. Raqamli televideniyeda televizion signal bilan birga xatolarni tuzatish kodi  (Error Correction Code, ЕСС) yollanadi, unga uzatiladigan ma’lumotlar umumiy hajmining  10% ulushi kiradi. Bu uzatgich antennadan uzoq masofada ham sifati xuddi undan 1 km masofadagidek tasvirga ega bolish imkonini beradi. Xatolarni tuzatish kodi orqali televizion signalni tekshirish va uzilishlarni bartaraf etish kozlanadi, bunda qabul qilish televizion jihoziga signal kelib tushish jarayonining ozida tekshiruv testi amalga oshiriladi. Shu tariqa, raqamli signalning sifati, va demak, ekrandagi tasvirning sifati uzatish antennasining butun hududi boyicha bir xilda boladi.

 

 

5.1 formatidagi stereotovush 

 

 

Analog signallardan farqli, raqamli signallar tolqin emas, balki ikkilik, yani bit korinishda uzatiladi. Ikkilik sozi «ikki qismdan iborat» deganini anglatadi. Telekommunikatsya sohasida ikkilik atamasi uzatilayotgan axborot bitlari ikki manoga egaliginiyoqilgan (kuchlanish bor) va ochgan (kuchlanish yoq) ni bildiradi. Kuchlanish mavjudligi bir raqami, yoqligi esanol qilib belgilanadi. Faqat ikki holat – signal bor va signal yo‘q – holati kozlangan raqamli formatning bunday xossasi tovushlarni ilk tozalikda qabul qilish va chiqarishga imkon beradi. Raqamli signallarga bunday ta’siri yuqori darajali ishonchlilikda o‘tkazilishi mimkim

 

5.1 formatli tovush – bu nima? Bu raqamlar olti kanalli tovushni anglatadi (5 satellit + sabvufer), u foydalanuvchiga nisbatan orqadagi va oldindagi tovush manbai joylanishi haqidagi audio axbirotni to‘liq yetkazadi. Shu tariqa, teletomoshabin xuddi har tomonlama tovush bilan qurshalgan kabi tasavvurga ega bo‘ladi.

 

 

VOD va tele-gid xizmatlari

 

 

VideoOnDemand (VOD)

 

 

Ommaviy axborot sohasida VOD – Video on Demand – "talabga ko‘ra video " yoki " buyurtmaga kora video" kabi xizmatlar tobora ommaviylashib bormoqdaTomoshabin USB-xotira qurilmasi orqali teleko‘rsatuvlar dasturidan mustaqil ravishda film va seriallarni, o‘ziga qulay vaqtda tomosha qilishni xohlaydi. 

 

Umuman olganda, Video on Demand istalgan vaqtda malum axborot resurslariga ega bolish imkoniyatini bildiradiBuni pullik televideniye xizmati orqali hamda, talabga ko‘ra bir vaqtning o’zida kompyuterga ko‘chirib, yuklab yoki internet-brauzer orqali tomosha qilish mumkin. 

 

Ilk bora VOD tijorat xizmati 1990 yillarda Gonkongda ishga tushirilgan. AQSh da bunday xizmatni Oceanic Cable firmasi 2000 yilning yanvar oyida Gavay orollarida ilk bor taklif etgan, hozirda bu xizmat butun mamakatga yoyilgan. Filmlar va teleshoularni yakuniy foyadalanuvchiga ozidagi katta otkazuvchanlik imkoni tufayli yetkazib beruvchi kabel provayderlari (kabel modemlari bilan juftlikda) orqali oqimli VOD tizimlariga ega bolish mumkin. Kopincha VOD mijozlari filmlarni tez oldinga otkazish, orqaga qaytarib qaytadan ko‘rish va filmni pauzada saqlaish imkoniyatidan foydalanadilar

 

MDH hududida bu xizmat endigina rivojlanib bormoqda. Xususan, O‘zbekistonda UZDIGITAL TV Kompaniyasi tomonidan yaqin kelajakda bunday xizmatni ishga tushurish rejalashtirilmoqda.

 

 

Tele-gid (ko‘rsatuvlar dasutri)

 

 

Tele-gid – kanallarni o‘zgartirish va uzatilayotgan ko‘rsatuvlar dasturini ko‘rib chiqish, subtitrlarni yoqish va o‘chirish, tarjima tilini tanlash, eslatmalarni belgilash va bir talay boshqa vazifalarni o‘z ichiga olgan ajoyib xizmat. Tele-gid, barcha zaruriy axborot, shu jumladan haftalik ko’rsatuvlar dasturi muntazam translyatsya qilinganda qaytarilgan aloqa kanalisiz ham ishlashi mumkin.

 

Tele-gid — barcha kanallardagi translyatsiyalarning elektron jadvali  bo’lib, har bir kanalda qanday ko‘rsatuvlar va qachon ko‘rsatilishini bilish, ko‘rsatuvlar va filmlar dasturlari bilan tanishish imkonini beradi.  Tele-gidni o‘qishga qulay qilib butun ekranga “yoyish” ham, ekranning pastki qismida kichraytirilgan shaklda ko‘rish ham mumkin, bunda ekranning katta qismida namoish etilayotgan kanal ko’rsatuvlarini tomosha qilishda davom ettirish mumkin. Sevimli serialni yoki futbol o‘yinini o‘tkazib yubormaslik uchun, shu vaqtda televizor boshqa kanalda bo’lsa ham, ekranda tanlangan ko‘rsatuv boshlanishidan bir necha daqiqa avval paydo bo‘ladigan eslatmani yoqish mumkin. Tele-gidga „ota-ona nazorati“ funksiyasi qurilgan, unda bolalar ko‘rishiga ruxsat etilgan kanallar ro‘yxatini tuzish mumkin. Bolalarning boshqa kanallarga o‘tishi ota-ona qoygan parol bilan taqiqlanadi. Tomoshabinlar tele-gidga tezda ko‘nikib qoladilar va usiz televideniyeni tasavvur qila olmaydilar.

 

 

 

Timeshift va PVR funksiyalari 

 

 

Taymshift (Time Shift) funksiyasini yana vaqtdagi siljish deb ataydilar.Bu funksiya telekanalni tomosha qilayotganda jonli efirni pauzaga qoyib, keyinchalik yana shu joyidan ko‘rishga imkon beradi. Oddiy pauzadan tashqari ko‘pincha qo‘shimcha ravishda tomoshani oldinga o‘tkazish va orqaga qaytarib tomosha qilish imkoniyatlari mavjud

 

Taymshift funksiyasi – bu, aslini olganda, fonli yozuv bo’lib, qo‘llanishiga ko‘ra, yozib olish butun vaqt davomida yoki faqat foydalanuvchi Taymshift funksiyasini faollashtirganda amalga oshiriladi. Albatta, bu funksiya qanchalar uzoq faol bo‘lsa, qattiq     disk yoki xotiraga saqlash uchun shunchalar ko’p joyni talab etadi. Bunda orqaga yoki oldinga aylantirish faqat yozuv saqlangan diapazonda ishlaydi.          Ko‘pincha joriy kanalga o‘tish, birinchi bor pauza bosilgan vaqtdan boshlanadi va yozuvi fon rejimida yozilayotgan hozirgi vaqtda yakunlanadi. Bu    funksiya ishchi holatida  – pauza va u yoki bu yoqqa aylantirishdan istalgancha foydalansa bo‘ladi.