1299000
image image image image image image image image image image image image image
image
Посредством какой рекламы Вы
узнали о компании UZDIGITAL TV?

Savollar va javoblar

1. Raqamli televideniye xizmatlariga ulanish uchun nima qilish kerak? 
Ulanish uchun kompaniyaning abonentlarga xizmat ko‘rsatish ofislaridan biriga murojaat qilish kerak. Bizning rasmiy Distribyutor bilan shartnoma tuzish orqali ham ulanish mumkin..
 
2. Bugungi kunda UZDIGITAL TV ga ulanishning bahosi qancha? Ulanish bahosi arzonlashtirish rejalashtirilmoqdami?
Ulanishning bahosi asosan raqamli qabul qiluvchi uskunaga bog‘liq bo‘lib, uning arzonlashtirilishi ustida uzluksiz ish olib borilmoqda.Hozirda raqamli DVB-T tyuner joylashtirilgan televizorga ega bo‘lgan abonentlarni ham ulash imkoniyati mavjud. Bunday abonentlar kompaniyamiz ofislaridan biriga murojaat qilib, o‘z televizor modeliga xos TeleCARD maxsus qurilmasini harid qilishlari darkor. 
 
3. Oylik abonent to‘lovi qancha? 

Oylik Abonent to‘lovi tanlangan dasturlar paketiga muvofiq tarzda bo‘ladi. Hozirgi kunda, Toshkent shahri uchun 3 dasturlar paketi mavjud bo‘lib, ular:

“Ekonom”: 16ta kanal – abonent to‘lovi 4 000 so‘m;

“Standart” : 25ta kanal – abonent to‘lovi Jismoniy shaxslar uchun 10 000 so‘m,Yuridik shaxslar uchun 13 000 so‘m;

“Miks”: 47ta kanal – abonent to‘lovi Jismoniy shaxslar uchun 15 000 so‘m, Yuridik shaxslar uchun 18 000 so‘m. 

“Miks T2” : 44 ta kanal - abonent to'lovi Jismoniy shaxslar uchun 17 000 so'm, Yuridik shaxslar uchun 20 000 so'm.

4. Raqamli televideniyega ulanish uchun antenna kerakmi? 

Raqamli televideniyega ulanish uchun DMT diapazonli antenna kerak bo‘lib, uni kompaniya ofislari yoxud rasmiy Distribyutordan harid qilishingiz mumkin. Kompaniya o‘z DMT diapazonli antennasiga ega abonentlarni ham xizmatlarga ulashi mumkin.
 
5. Ulanish qanday vaqt amalga oshiriladi? 
Abonent shartnomasiga muvofiq, Provayder abonentni to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng 5 kun ichida xizmatlarga ulaydi, lekin odatda xizmatlarga ulanish bir necha ish kunlari mobaynida amalga oshiriladi.
6. Shunchaki tyuner harid qilib xizmatlardan foydalanish mumkinmi?
Yo‘q, tyuner hariq qilish va xizmatlardan foydalanish faqatgina abonent shartnomasi orqali amalga oshirib, bunda abonent to‘lovi hisoblab boriladi. Abonent shartnomasi imzolamay turib faqatgina bepul, kodlanmagan dasturlarini tomosha qilish mumkin.
7. Shartnoma bekor qilinganda boshlang‘ich to‘lovlar qaytariladimi?
Yo‘q, abonent to‘lovning faqatgina xizmatlardan foydalanmagan qismi qaytariladi. Abonent shartnomasini bekor qilish uchun kompaniya ofislaridan biriga yozma ravishda Ariza berish zarur.
 
8. Kompaniyangizda bir xonadonga bir necha nuqtalarni ulaganda chegirmalar e‘tiborga olinganmi?
Ha, albatta. Bir manzilgoxda joylashgan bir nechta nuqtalarni ulashda “Miks” tarif rejasiga chegirmalar taqdim etiladi. 
 
9. Yuridik shaxslar jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan tariflar asosida xizmatlarga to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinmi?
Yo‘q, ofislar va boshqa idoralarga xizmatlarni ulashda va to‘lovni amalga oshirishda faqat Yuridik shaxslarga mo‘ljallangan tariflarga rioya qilinadi. 
 
10. Yuridik shaxslar Jismoniy shaxslar uchun abonent to‘lovini to‘lashlari mumkinmi?
Ha, kompaniyaning abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limida rasmiylashtirilgan kafolatchining kafillik shartnomasi bo‘yicha to‘lovni amalga oshirishi mumkin.
 
11. Ikkinchi nuqtaning ulanishi qanday amalga oshiriladi?
Ikkinchi nuqtaning ulanishi kompaniya ofislaridan birida amaldagi asosiy shartnomaga qo‘shimcha shartnoma rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.  
 
12.Kompaniyangiz xizmatlaridan foydalanishda maxsus dasturlar, aksiya va rag‘batlantirishlar mavjudmi?
Bizning kompaniyamizda turli xildagi aksiya va reklama tadbirlari tez-tez o‘tkazib turiladi. Bizning reklamalarni shahar bo‘ylab (tashqi konstruksiyalar), matbuotda (gazeta, jurnallar), internet (mashhur saytlar)da, radio va televideniye orqali ko‘rishingiz mumkin. Bizning yangiliklarni kuzatib boring va aksiyalarda faol ishtirok eting! Bundan tashqari, kompaniyamizda bir vaqtning o‘zida abonent to‘lovini 3, 6 va 12 oyga to‘langanda chegirmalar taqdim etiladigan tizim mavjud
 
13. Raqamli televideniyening analogli televideniyedan asosiy farqlari nimada?

Raqamli televideniyening analogli televideniyedan asosiy va birinchi farqi – bu taqqoslaganda juda farq qiladigan tasvir sifati. Bu esa yorqin va to‘yingan ranglardagi aniq detallarni tomosha qilish degani.

Ikkinchi muhim farqi – bu 5.1 formatdagi stereo tovush. Bu raqamlar 6 kanalli tovush ma’nosini anglatib (5ta satellit va sabvufer), foydalanuvchining old va orqa qismiga mutanosib holda joylashgan tovush manbasi joylashinuvining audio ma’lumotini to‘liq maromda saqlab qoladi. Bunday holatda televizor ko‘rayotgan kishi o‘zini hamma tomonidan tovush bilan o‘ralgandek his etadi. Bu esa juda kuchli ta’sirdir! Raqamli teleuzatuv yana ko‘p qo‘shimcha imkoniyatlarga ega, bular sirasiga, tele gid, so‘rov bo‘yicha video ko‘rish va boshqalar kiradi.
 
14.Menda joylashtirilgan tyunerrli zamonaviy televizor bor. UZDIGITAL TV raqamli televideniyeni tomosha qilishim uchun qanday uskuna harid qilishim zarur?
Sizning televizoringizga raqamli qabul qiluvchi – tyuner ham, maxsus qurilma – TeleCARD ham to‘g‘ri keladi. TeleCARD qurilmasining ustuvorligi ortiqcha kabellarning yo‘qligi va o‘rnatishning qulayligida. TeleCARD harid qilib abonentlar HD sifatdagi telekanallarni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ta’kidlash joizki, TeleCARD hamma turdagi zamonaviy turdagi joylashtirilgan tyunerli televizorlarga ham to‘g‘ri kelavermaydi. Saytimizning “Uskunalar” bo‘limida TeleCARD bilan ishlay oladigan televizor modellari ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin. 
 
15. TeleCARDni O‘zbekiston viloyatlarida ishlatish mumkinmi?
Ayni damda TeleCARD faqatgina Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ishlatilishi mumkin. Lekin, kelajakda bunday imkoniyat O‘zbekistonning barcha viloyatidagi abonentlar uchun mavjud bo‘ladi.
 
16. HD sifatidagi televideniyening o‘zi nima? Kompaniyangiz xizmatlariga ulanib uni tomosha qilsa bo‘ladimi?
HDTV(HighDefinition TV) – bu televideniyening dunyo bo‘ylab rivojlanayotgan yangi yo‘nalishidir. Oddiy televizor (PAL yoki SECAM) da tasvir nisbatlari 720 ga 576ta nuqta to‘g‘ri kelsa, HDTV teledasturlar va filmlarni 1920ga 1080 nuqta nisbatda ko‘rish imkoniyatini beradi. Bunday holda, yuqori tiniqlikdagi televideniye tasvir o‘lchamlari oddiy televideniyenikidan 5 barobar katta bo‘ladi, o‘z navbatida tiniqlik ham 5 barobar yuqori bo‘ladi.
 

17. Distribyutorlikni qay yo‘l bilan rivojlantirasizlar?

Bizning kompaniyada Distribyutorlar bilan malakali menejerlar ish olib borishadi. Ular yangi distribyutorlar jalb qilish va mavjudlarining ish olib borishini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan muhim faoliyat bilan shug‘ullanishadi. Faqat Yuridik shaxslargina Bizning distribyutorimiz bo‘la oladilar. Ular uchun rag‘batlantiruvchi bonuslar tizimi va qulay ish sxemasi ko‘rib chiqilgan. 

 

18. UZDIGITAL TVning abonentlarga xizmat k‘orsatish ofislarning manzili va ish vaqtlari qanday?

UZDIGITAL TVning abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari quyidagi manzilda joylashgan:

-1.Toshkent sh. Amir Temur ko‘ch. 109-A uy(Toshkent teleminorasi).

-2.Toshkent sh. Shahrisabz ko‘ch. 7-uy(O‘zbekiston Pochtasi binosi).

Abonentlarga xizmat ko‘rsatish ofislari Dushanba-Juma kunlari, soat 09:00dan 18:00gacha, Shanba kuni esa 10:00dan 16:00gacha faoliyat ko‘rsatadi.