1299000
image image image image image image image
image
Посредством какой рекламы Вы
узнали о компании UZDIGITAL TV?

DVB-T/T2 tyunersiz televizorlar uchun uskunalar

Efir antennasi

 

Hozirgi vaqtda UZDIGITAL TV kompaniyasi ikki turdagi: uy ichi va tashqi DMV antennalarini tavsiya etadi. Ularning har biri unuversal bo‘lib, raqamli televizion signalni qabul qilish uchun qo‘llanishi mumkin.

 


 

Abonentlik qabul qilish moslamasi (tyuner)

DTT 1770 DVB-T2 tyuneri

Texnik ma’lumotlar:

• H.264/MPEG4/MPEG2(HD/SD) zichlashtirish formatiga ega DVB-T/T2 Full HD efir qabul qilgichi; 
 
• (EPG) elektron dasturlar jadvalining kengaytirilgan imkoniyatlari va hodisalarni rejalashtirish;
 
• Tanlangan kanallarning ro'yxatini yaratish imkoniyati; 
 
• Kanallarning ro'yxatini boshqarish, qulflash, tezkor ko'rish, kanallarni joyini almashtirish, o'zgartirish va o'chirish;
 
• Kanallar ro'yxatini xotira qurilmasiga eksport va import qilish funktsiyasi; 
 
• Kanallarni avtomatik yangilash funksiyasi; 
 
• Foydalanishda qulay ko'p tilli interfeys; 
 
• Ota-ona nazorati / tizimga kirishni bloklash/ sozlamalarni qulflash; 
 
• Ota-ona nazorati / teleko'rsatuvlar uchun yosh bo'yicha cheklash; 
 
• Video va audioning HDMI (576i, 576p, 720p, 1080i, 1080p) formatlarida chiqishi; 
 
• RCA ning CVBS (kompozit) Video & Audio chiqishi; 
 
• Raqamli audio (SPDIF) uchun optik chiqish; 
 
• Telematn va subtitrlarni qo'llab-quvvatlaydi; 
 
• 10 000 ta (TV va radio) kanallarni sozlash imkoniyati;