Hozirda sayt sinov rejimida ishlamoqda

ТeleCARD

ТeleCARD (CAM Unified CI+ Irdeto)

TeleCARD bu qo'shimcha jihozlardan foydalanmasdan o'rnatilgan DVB-T/T2 ichki tyunerli televizor egalari uchun raqamli televizorni ko'rish uchun zarur bo'lgan qurilma.

TeleCARD qurilmasi:

UZDIGITAL TV-dan TeleCARD qurilmasi ichki DVB-T/T2 tyuneri mavjud zamonaviy televizorlarda "UZDIGITAL TV" raqamli televideniye kanallarini tomosha qilish imkoniyatini beradi.

TeleCARD qurilmasidan foydalanishning afzalliklari:

  • televizor yonida tashqi raqamli efir qabul qiluvchi qurilma (tyuner)ning bo`lmasligi. Shunga ko'ra, tashqi tyuner va televizorni ulaydigan kabellarning bo`lmasligi;
  • tasvir sifati yaxshilanadi (agar televizorda o'rnatilgan raqamli televizion tyuner bo'lsa, tashqi televizion tyunerda bo'lgani kabi raqamli signalni analogga o'zgartirishning hojati yo'q);
  • raqamli kanallar televizorning masofadan boshqarish pultidan boshqariladi;
  • TeleCARD yuqori sifatli HDTV standartini qo'llab-quvvatlaydi. Ichki raqamli tyuneriga ega zamonaviy televizorlarning aksariyati to'liq HD yoki HD ready sifatini qo`llaydi.


Orqaga