The site is currently in test mode.

30-iyun kuni “RRTM ” MChJ (UZDIGITAL TV brendi ostida) O‘zbekiston Yoshlar kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash tashabbusi doirasida Moliya va investitsiyalar bo‘yicha direktor, shuningdek Kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakillari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” formatidagi ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida quyidagi muhim mavzular muhokama qilindi:

— kompaniya va soha rivojida yoshlarning o‘rni;

— moliyaviy savodxonlik va mas’uliyat;

— tashabbuskorlik va raqamli davrda kasbiy o‘sish imkoniyatlari.

 

Yosh xodimlar rahbariyat va kasaba vakillariga bevosita murojaat qilish, o‘z fikr va tashabbuslarini bildirish imkoniga ega bo‘lishdi.

 

Bunday muloqotlar kuchli, ongli va maqsadli yosh avlodni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Biz o‘z jamoamizdan faxrlanamiz va ishonamiz: bugun va ertangi kun — birgalikda bunyod etiladi!



Back