Hozirda sayt sinov rejimida ishlamoqda

10 aprel: “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligiga bag‘ishlab “RRTM” MChJ da davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida ushbu sana nafaqat huquqiy ahamiyatga ega ekani, balki milliy o‘zlikni anglash, ona tiliga hurmat va faxr tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

 

Asrlar davomida o‘zbek tili buyuk allomalar, shoir va mutafakkirlar – Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi siymolar ijodida sayqallanib, uni adabiyot va fan tili sifatida yuksak darajaga olib chiqilgan.

 

Ishtirokchilarning ta’kidlashicha, 10 aprel – bu sananing huquqiy maqomi va ijtimoiy ahamiyatini mustahkamlovchi muhim sana hisoblanadi.



Orqaga