O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi muborak bo‘lsin!
Bugun yurtimiz hayotidagi muhim sana - Davlat bayrog‘imiz qabul qilinganiga 34 yil bo‘ldi. Bu kun xalqimizning mustaqillikka sadoqati, tinchlik va barqaror taraqqiyot yo‘lidagi intilishlarini ifodalaydi.
Musaffo osmon ostida hilpirab turgan bayrog‘imiz Vatanimizning boy tarixi, qadriyatlari va kelajakka bo‘lgan ishonchini mujassam etadi. U bizni birlik va mas’uliyat bilan yurt ravnaqi yo‘lida xizmat qilishga chorlaydi.
Ushbu muborak kunda barchaga tinchlik, farovonlik va yurtimizga yuksalish tilaymiz.
Bayrog‘imiz sharafi baland bo‘lsin! 🇺🇿
Orqaga