Hozirda sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish

📚 “Ochiq kutubxona kuni” munosabati bilan yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish va mutolaa an’analarini rivojlantirishga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

📍 “RRTM” MChJda tashkil etilgan tadbirning asosiy ma’ruzachisi sifatida Moliya va investitsiya bo‘yicha direktori, iqtisod fanlari doktori Xusanov Ulug‘bek Nishonovich ishtirok etdi. U o‘z chiqishida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, kitobning inson kamoloti, dunyoqarashini kengaytirish hamda shaxsiy va kasbiy rivojlanishdagi o‘rni haqida mazmunli fikrlar bildirdi.

 

Uchrashuv davomida mutolaaning bugungi kundagi ahamiyati, yoshlarning ilm olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularda kitob o‘qish odatini shakllantirish hamda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

 

📖 Tadbir yakunida faol ishtirok etgan qatnashchilar rag‘batlantirilib, ularga kitoblar sovg‘a qilindi.

 

Shu kabi ma’rifiy tadbirlar yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda ularning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.



Orqaga