Sun’iy yo‘ldosh qabul parametrlari yangilandi.
Sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimlarida orbitaning 95° sharqiy uzunlikda joylashgan yangi “SES-12” sun’iy yo‘ldoshi parametrlariga sozlash ishlarini amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab “RRTM” MChJ tasarrufidagi yuqori va kam quvvatli RTSlarda sun’iy yo‘ldoshdan signalni qabul qiluvchi qurilmalar 2026 yil 5 oktabr kunidan “SES” kompaniyasiga tegishli geostatsionar orbitaning 57° sharqiy uzunlikda joylashgan “NSS-12” sunʼiy yo‘ldosh tizimi o‘z faoliyatini to‘xtatilayotganligi sababli, geostatsionar orbitaning 95° sharqiy uzunlikda joylashgan “SES-12” sun’iy yo‘ldosh tizimi parametrlariga sozlash ishlari amalga oshirildi va O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab davlat va nodavlat telekanallar sunʼiy yo‘ldosh tizimidan signal qabul qilib aholiga ochiq to‘plam tarkibida efirga uzatilishi ta’minlandi.
Orqaga