Hozirda sayt sinov rejimida ishlamoqda

Hurmatli abonentlar!

Teledasturlarning uzluksiz va sifatli uzatilishini ta’minlash maqsadida 2026-yil 15-oktabrdan 29-oktabrgacha texnik uskunalarda rejali profilaktika ishlari olib boriladi.

15-oktabr kuni profilaktika ishlari Respublika miqyosida soat 00:00 dan 11:00 gacha amalga oshiriladi. 16-oktabrdan 29-oktabrgacha esa hududlarda bosqichma-bosqich soat 02:00 dan 07:00 gacha olib boriladi.

 

Mazkur davrda davlat, nodavlat va xorijiy telekanallar, shuningdek, davlat radiokanallari signalida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin. Abonentlardan uskuna sozlamalarini (tyuner va televizor) o‘zgartirmasliklarini so‘raymiz.

 

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

 

Profilaktika ishlari o‘tkaziladigan sana va vaqtni ilova orqali ko‘rishingiz mumkin.



Orqaga