Hozirda sayt sinov rejimida ishlamoqda

TeleCARD qurilmasini o`rnatish qo`llanmasi

"UZDIGITAL TV" yopiq kanallarini televizorning ichki raqamli DVB-T/T2 qurilmasi yordamida tomosha qilish uchun TeleCARD qurilmasi kerak bo`ladi. TeleCARD PCMCIA / COMMON INTERFACE TV modul o`rniga joylashtiriladi

TeleCARD-dan foydalanishning afzalliklari:

  •     barcha nazorat bir masofadan boshqarish pulti (PDU) tomonidan amalga oshiriladi;
  •     televizorning yonida tashqi raqamli efir qabul qiluvchi qurilma (tyuner)ning yo'qligi;
  •     shunga ko'ra, tashqi tyuner va televizorni ulaydigan kabellarning yo'qligi;
  •     raqamli signalni tashqi tyunerdan foydalanishda mavjud bo'lgan analogga aylantirmaslik natijasida televizorning ichki raqamli televidenie tyuneridan kelib chiqadigan yaxshi tasvir sifati;
  •     ichki raqamli televidenie tyunerlari bilan jihozlangan zamonaviy televizorlarning aksariyati HDTV-ni qo'llab-quvvatlaydi. HDTV-ni qo'llab-quvvatlaydigan alohida dekoderni sotib olishning hojati yo'q, tegishli paketga obuna bo'lish va tasvirdan bahramand bo'lish yetarli bo'ladi.

TeleCARD qurilmasi:

E'tibor bering!

Telecardni televizorga ulash televizorning foydalanish bo'yicha ko'rsatmalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Telecardni O'rnatish

Modulni (TeleCARD) o'rnatishdan oldin ushbu qo'llanmani diqqat bilan o'qing.

Televizoringizning PCMCIA / COMMON INTERFACE modul o`rniga Tele-kartani o'rnating (ba'zi televizor ishlab chiqaruvchilar uni faqat CAM deb atashlari mumkin).

1. TeleCARD qurilmasini PCMCIA / COMMON INTERFACE modul o`rniga quyidagi rasmda ko`rsatilgani kabi joylashtiring.

2. Televizorni yoqing.

3. Joiz bo`lsa televizor sozlash qo`llanmasida ko`rsatilganidek telekanallarni sozlang.

 

Umumiy ma`lumotlar.

TeleCARD qurilmasini ulash yoki olish faqatgina televizor o`chirilgan xolatda amalga oshirilishi kerak.

Televizorni yoqgandan so'ng, ekranda TeleCARD moduli mavjudligi haqida ma'lumot paydo bo'ladi. Axborot xabarining turi va mazmuni televizor modeliga bog'liq.

 

Extiyot choralari va kafolat shartlari.

• TeleCARD-ni mexanik ta'sirga duchor qilishga yo'l qo'yilmaydi (zarba, qulash).

• TeleCARD yuzasiga namlik kirishiga yo'l qo'ymang.

• TeleCARD ni faqat ushbu qo'llanmada ko'rsatilganidek o'rnating. Noto'g'ri o'rnatish TeleCARD va televizorga zarar yetkazishi mumkin.

• TeleCARD ni egmang, kuchli elektr va magnit maydonlar ta'siridan asrang.

• TeleCARD ni televizordan extiyoj bo`lmaganda olib tashlash tavsiya etilmaydi.

 

 

 


Orqaga