Hozirda sayt sinov rejimida ishlamoqda

2025-yil 12-iyun kuni Toshkent teleminorasida favqulodda vaziyatlar oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Unda hamkorlikdagi Toshkent shaxar IIBB, MGB, FVB, SSBB va MO MATB xizmatlari ishtirokida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik bo‘yicha keng ko‘lamli maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot doirasida zilzila, yong‘in va boshqa favqulodda holatlar sharoitida harakat qilish bo'yicha o'quv mashg'uloti o‘tkazildi.

Mazkur o'quv mashg‘ulotida Toshkent RTUM - FM tuzilmalari, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi - yong‘in o'chirish va qidiruv-qutqaruv bo'linmalari;

•  Toshkent shaxar IIBB - PPX, YPX va boshqa xizmatlari;

•  Toshkent shaxar Milliy gvardiyaning maxsus bo‘linmalari;

•  Toshkent shaxar SSBB - tez tibbiy yordam 103 xizmati va

•  Maxsus avariya tiklash boshqarmasining 12-son qo‘riqlash otryadi ishtirok etdilar.

Tadbirning asosiy maqsadi — Toshkent RTUM Toshkent teleminorasi (H-375m) da yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga xizmatlarning tezkor va muvofiqlashtirilgan harakatini ta'minlash.

Mashg‘ulot davomida quyidagi o'quv savollari rejaga muvofiq amalga oshirildi:

zilzila sharoitida insonlarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish;

yuzaga kelgan vayronalarda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borish va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish;

obyektda yuzaga kelgan yong‘inni bartaraf etish;

obyektda tartibbuzarlarni ushlash va zararsizlantirish;

barcha xizmatlar o‘rtasidagi muvofiqlashtirilgan hamkorlikni sinovdan o‘tkazish.

Barcha rejada belgilangan vazifalar a'lo darajada bajarildi. Mashg‘ulot yakunida umumiy baho "TAYYOR" deb belgilandi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchi xizmatlarning zamonaviy maxsus texnik vositalari va uskunalari ko‘rgazmasi tashkil etildi.



Orqaga