Hozirda sayt sinov rejimida ishlamoqda

"UzDigital TV"dagi yangi litsenziyali telekanallar!



"UzDigital TV"dagi yangi litsenziyali telekanallar!

UzDigital TV" kompaniyasi yildan yilga o‘z xizmatlarining sifatini oshirib, abonentlar uchun rom etuvchi operatorga aylanib bormoqda.

Biz rus va ingliz tillarida efirga uzatiladigan, dunyoga mashhur "Setanta 1" va "Setanta 2"  telekanallarini efirga uzatish uchun eksklyuziv huquqni qo'lga kiritganimizni mamnuniyat bilan e'lon qilamiz.

Endilikda sport muxlislari eng yirik futbol ligalari va dunyoning eng mashhur sport musobaqalari - APL, La Liga, NBA, ATP, F1, UFC, NHL va boshqa ko'plab musobaqalarning to'g'ridan-to'g'ri translyatsiyalarini respublika bo'ylab HD sifatda tomosha qilish imkoniyatiga egalar.

Shuningdek, avval kompaniya quyidagi telekanallarni translyatsiya qilish uchun litsenziya huquqini olgan edi: TV1000, TV1000 Русское Кино, TV1000 Action, Viasat Explore, Viasat History, Viasat Sport, Viasat Nature, Viasat Da Vinci, Discovery Channel, Animal Planet, Discovery. Science HD , Travel Channel HD va Eurosport 1 HD. Bu yo'nalishdagi ishlar yana davom ettiriladi.

Siz t.me/uzdtv_bot telegram boti orqali onlayn so'rov qoldirishingiz yoki 1065 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan holda kompaniya xizmatlariga ulanishingiz mumkin.

"UZDIGITAL TV" – yuqori sifatli televideniye!



Orqaga