Hozirda sayt sinov rejimida ishlamoqda

"UZDIGITAL TV" raqamli televideniye provayderi telekanallar almashtirilishini ma'lum qiladi.



"UZDIGITAL TV" raqamli televideniye provayderi telekanallar almashtirilishini ma'lum qiladi. Kompaniya doimo abonentlar fikrini tinglaydi va efirga uzatiladigan telekanallar tarmog'ini yangilash ustida ishlaydi.

Kompaniya tomonidan olib borilgan tahlillar asosida har bir tomoshabinni qiziqtiradigan eng ommabop va qiziqarli telekanallar tanlab olindi.

Ko‘p so‘ralayotgan “Dasturxon TV” telekanali ham endi "UZDIGITAL TV" abonentlari uchun efirga uzatiladi. Bu juda qiziqarli kanal bo'lib, u pazandachilikka oid ko'rsatuvlar bilan bir qatorda oilangiz bilan tomosha qilish uchun maroqli ko'ngilochar teleko'rsatuvlarni o'z ichiga oladi.

Shuningdek, abonentlarning iltimosiga ko'ra, "Nickelodeon" telekanali "Multilandia" telekanaliga almashtirildi. Bu rus va xorijiy animatsion seriallar, badiiy filmlar, o'quv va ma'rifiy dasturlar, shuningdek, bolalar va ularning ota-onalari uchun musiqiy kontentni birlashtirgan ko'ngilochar va rivojlantiruvchi kanal.

Shinamlikni xush ko'radiganlar xobbi va sevimli mashg'ulotlarga bag'ishlangan "Бобёр" telekanalini tomosha qilishlari mumkin.

Kompaniya abonentlar yangi telekanallar qo'shilganidan xursand bo'lishlariga umid qiladi va ular butun respublika bo'ylab efirga uzatilishini ma'lum qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kompaniya “Kinoteatr.uz”, “Sport 2 HD”, “Hidoyat sari” telekanallarining test rejimida efirga uzatilishi tugaganini ma’lum qilgan edi.

 

"UZDIGITAL TV — yuqori sifatli televideniye!



Orqaga