Tabriklaymiz!
10 dekabr-O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!Bugun, 2024-yil 10-dekabrda Davlat madhiyasi qabul qilinganiga 32 yil to‘ldi.
1992-yilning shu kuni Prezident Islom Karimov “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Madhiya O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov she’rlariga va O‘zbekiston xalq artisti Mutal Burxonov musiqasiga yozilgan.
“Madhiya – hayot, jonli mavjudot, u turli dunyoqarashga ega vatandoshlarni so‘z va musiqa qudrati bilan bir necha daqiqada birlashtirishga qodir, – deb yozadi madhiya matni muallifi Abdulla Oripov.
O‘zbekiston davlat madhiyasi bayrog‘i va gerbi bilan birga O‘zbekiston suverenitetining asosiy davlat ramzlaridan biridir.
Back